«Guliston ekstrakt yog’» Aksiyadorlik Jamiyati Akstiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig’ilishining 2015 yil 31 dekabrdagi 9-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalaridan kelib chiqqan holda, jamiyatda korporativ boshqaruv tizimini baholash uchun tender e’lon qiladi. Baholashni har chorak va yil yakuni bilan o’tkazish nazarda tutiladi.

 Tender o’tkazish shartlari

  1.  Tenderda qatnashish uchun da’vogarlar quyidagi hujjat va ma’lumotlarni yuborishi lozim:
  • Ariza;
  • Davlat ro’yhatidan o’tkazilganlik to’g’risidagi guvohnoma va tegishli listenziya;
  • Taklif qilinayotgan shartnoma shartlari (o’tkazish muddatlari, xizmat haqi va hokazo).
  1. Tender bo’yicha takliflar Guliston shahri, T.Axmedov 68-uy manzilida yoki jamiyatning sirdmez@mail.ru elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

 Tenderni o’tkazish tartibi

Tijorat takliflari joriy yilning 1 dekabrigacha qabul qilinadi. Jamiyat uchun eng qulay va manfaatli shartlarni taklif qilgan tashkilot tender g’olibi deb topiladi. Tender natijalari 2016 yil 2 dekabrgacha bo’lgan muddatda e’lon qilinadi.

 Qo’shimcha ma’lumot olish uchun +998972771757 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Print Friendly