«Guliston Ekstrakt – Yog’»

aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlari diqqatiga!

 

собрание

    Jamiyat Kuzatuv kеngashining 2017 yil 21 avgustdagi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yiqilishi 2017 yil 6 sentyabr kuni soat 11:00 da Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, 3-mavzе, T.Axmеdov ko’chasi 68-uy «Guliston Ekstrakt Yog’» AJ majlislar zalida o’tkazilishini ma’lum qilamiz. Aksiyadorlarni ro’yxatga olish soat 10:00 da boshlanadi.

Umumiy yig’ilish kun tartibi:

1. Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash;

2. Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash;

3. Korxona qoshida Ilmiy-texnik markazini tashkil etish va tasdiqlash;

4. Jamiyatning yangi tahrirdagi Nizomini tasdiqlash;

5.«Guliston Ekstrakt-Yog’» AJning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash;

6.Jamiyat Bosh direktorini saylash (tasdiqlash);

7.“Guliston shaxar dexqon bozori” qurilishiga ajratilgan bank krediti uchun imzolangan kafillik shartnomasiga korxonaning iqtisodiy xolatini inobatga olgan xolda tegishli o’zgartirish kiritish yoki bekor qilish to’g’risida.

Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yiqilishini o’tkazish to’qrisida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun rееstr yopilgan sana: 2017 yil 21 avgust.

Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari Umumiy yiqilishini o’tkazish uchun rееstr yopiladigan sana 2017 yil 30 avgust.

Aksiyadorlarni umumiy yig’ilishida ishtirok etish huquqi aksiyador tomonidan shaxsan yoki uning vakili orqali amalga oshiriladi. Aksiyadorning vakili aksiyadorlarning umumiy yig’ilishida yozma shakilda tuzilgan ishonchnoma asosida, jumladan, jismoniy shaxs nomidan berilgan ovoz berishga doir ishonchnoma natarial tartibda tasdiqlangan xolda, yuridik shaxs nomidan ovoz berishga ishonchnoma raxbarining imzosi va ushbu yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan holda bo’lishi kerak.

Murojaat uchun tеl: +998-67-226-34-29, +99897- 277-17-57.

 

(chop etilgan sana: 25.08.2017 y.)

Print Friendly