«Guliston Ekstrakt – Yog’»

aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlari diqqatiga!

 

собрание

«Guliston Ekstrakt Yog`» AJ Sizga ushbu xabarnoma orqali quyidagilarni ma’lum qiladi:

Jamiyat Kuzatuv kеngashining 2018 yil 31 oktyabrdagi qaroriga asosan jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashkari umumiy yig’ilishi 2018 yil 13 noyabr kuni soat 11:00 da Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, 3-mavzе, T.Axmеdov ko’chasi 68-uy «Guliston Ekstrakt Yog`» AJ majlislar zalida o’tkazilishini ma’lum qilamiz. Aksiyadorlarni ro’yxatga olish soat 10:00 da boshlanadi.

Umumiy yig’ilish kun tartibi:

  1. Akstiyadorlarning umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash;
  2. Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shahsiy tarkibini tasdiqlash;
  3. “Guliston shahar dehqon bozori” MChJ va “Guliston savdo kompleksi” MChJ qurilishi uchun ajiratilgan bank kreditlariga “Guliston Ekstrakt-Yog’’” AJ tomonidan berilgan kafillik shartnomasini bekor qilish.

Akstiyadorlarning umumiy yig’ilishi o’tkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat akstiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi: 2018 yil 31 oktyabr.

Akstiyadorlarning umumiy yig’ilishida qatnashish xuquqiga ega jamiyat akstiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi: 2018 yil 7 noyabr.

Akstiyadorlarni umumiy yig’ilishida ishtirok etish huquqi akstiyador tomonidan shaxsan yoki uning vakili orqali amalga oshiriladi. Akstiyadorning vakili akstiyadorlarning umumiy yiғilishida yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida, jumladan, jismoniy shaxs nomidan berilgan ovoz berishga doir ishonchnoma natarial tartibda tasdiqlangan xolda, yuridik shaxs nomidan ovoz berishga ishonchnoma raxbarining imzosi va ushbu yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan holda bo’lishi kerak.

Murojaat uchun tel: +998-67-226-34-29, +99897- 277-17-57

(chop etilgan sana: 31.10.2018 y.)

Print Friendly