«Guliston Ekstrakt – Yog’»

aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlari diqqatiga!

 

собрание

    «Guliston Ekstrakt Yog`» AJ Sizga ushbu xabarnoma orqali quyidagilarni ma’lum qiladi:

   Jamiyat Kuzatuv kеngashining 2016 yil 10 iyundagi qaroriga asosan jamiyatning 2015 yil yakunlari bo’yicha jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig’ilishi 2016 yil 27 iyun kuni soat 11:00 da Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, 3-mavzе, T.Axmеdov ko’chasi 68-uy «Guliston Ekstrakt Yog`» AJ majlislar zalida o’tkazilishini ma’lum qilamiz.

Umumiy yig’ilish kun tartibi:

1. Aksiyadorlar yillik umumiy yig’ilishining reglamentini tasdiqlash.

2. Jamiyat ijroiya organi va kuzatuv kengashining 2015 yil yakuni bo’yicha hisobotini tasdiqlash.

3. Jamiyatning 2015 yil moliyaviy – xo’jalik yili yakuni bo’yicha tuzilgan hisobotlarni tasdiqlash.

4. Jamiyatning foyda va zararlarini taqsimlash.

5. Hisoblangan lekin o’z vaqtida talab qilib olinmagan dividendlarni qonunchilikda belgilangan tartibda jamiyat foydasiga olish.

6. Jamiyatning 2016 yil uchun tuzilgan biznes rejasini tasdiqlash.

7. Jamiyatning yakkaboshchilik ijroiya organi kollegial ijroiya organining a’zolari bilan tuzilgan shartnomaning muddatini uzaytirish yoki bekor qilish.

8. Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash.

9. Taftish komissiyaning a’zolarin (taftishchisini) saylash.

10. Tashqi audit xizmati va unga to’lanadigan xaq miqdorini tasdiqlash.

11. Kuzatuv kengashiga to’lanadigan haq miqdorini belgilash.

12. Korporativ boshqaruv kodeksini jamiyat foliyatida tadbiq qilish va xabar berish shaklini tasdiqlash.

13. Jamiyatning ichki xujjatlarini tasdiqlash to’g’risida;

- Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi to’g’risidagi nizom;

- Kuzatuv kengashi to’g’risidagi nizom;

- Taftish komissiyasi (taftishchi) to’g’risidagi nizom;

- Ijroiya organi to’g’risidagi nizom;

- Manfaatlar qarama – qarshiligi vaqtida harakat qilish tartibi to’g’risidagi nizom;

- Ichki nazorat to’g’risidagi nizom;

- Axborot siyosati to’g’risidagi nizom;

- Dividend siyosati to’g’risidagi nizom;

14. Jamiyat Nizomini yangi tahrirda tasdiqlash.

   Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig’ilishini o’tkazish to’g’risida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun rееstr yopilgan sana: 2016 yil 14 iyun.

   Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi Umumiy yig’ilishini o’tkazish uchun rееstr yopiladigan sana 2016 yil 23 iyun.

    Murojaat uchun tel: +998-67-226-34-29.

(chop etilgan sana: 17.06.2016y.)

Print Friendly