«Guliston Ekstrakt – Yog’»

aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlari diqqatiga!

 

собрание

    «Guliston Ekstrakt Yog`» AJ Sizga ushbu xabarnoma orqali quyidagilarni ma’lum qiladi:

   Jamiyat Kuzatuv kеngashining 2019 yil 27 iyundagi qaroriga asosan jamiyatning 2018 yil yakunlari bo’yicha jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig’ilishi 2019 yil 23 iyul kuni soat 11:00 da Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, 3-mavzе, O’zbekiston-shox ko’chasi 68-uy «Guliston Ekstrakt Yog`» AJ majlislar zalida o’tkazilishini ma’lum qilamiz. Aksiyadorlarni ro’yxatga olish soat 10:00 da boshlanadi.

Umumiy yig’ilish kun tartibi:

  1. Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shahsiy tarkibini tasdiqlash.
  2. Akstiyadorlarning umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash;
  3. Jamiyatning 2018 yildagi iqtisodiy-ijtimoiy moliya-xo’jalik faoliyati va biznes-reja ko’rsatkichlarining bajarilishi yuzasidan jamiyat ijroiya organi rahbarining hisobotini tasdiqlash;
  4. “Guliston Ekstrakt-Yog’” AJning 2018 yil yakuni bo’yicha yillik hisobotini, shu jumladan balans, moliyaviy natijalar,  foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotlarini tasdiqlash;
  5. Jamiyatning 2018 yildagi foyda va zararlarni taqsimlash, jamiyatning joylashtirilgan akstiyalarining har bir turi bo’yicha dividendlar to’lash, dividendning miqdori, uni to’lash shakli va tartibini biznes-rejani bajarilishi yuzasidan kuzatuv kengashi va ijroiya organini rag’batlantirilishini tasdiqlash;
  6. «Guliston Ekstrakt-Yog’» AJ kuzatuv kengashining 2018 yil yakuni bo’yicha hisobotini tasdiqlash;
  7. Jamiyatning 2018 yil yakuni bo’yicha jamiyat tashqi auditorning MHBS hulosasini tasdiqlash;
  8. Jamiyatning Xalqaro audit standartlariga muvofiq o’tkazilgan tashqi audit hulosasi va XMHS (МСФО)ga transformatciya qilingan moliyaviy hisobotlarini tasdiqlash;
  9. Jamiyatning 2018 yil yakuni bo’yicha taftish komissiya hisobotini tasdiqlash;
  10. Jamiyatning 2018 yildagi korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari bo’yicha hisobotini tasdiqlash;
  11. Jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari tarkibini saylash;
  12. Jamiyat taftish komissiyasining a’zolari tarkibini saylash;
  13. Jamiyatning 2019 yil uchun tuzilgan biznes rejasini tasdiqlash;
  14. Jamiyat Bosh direktorini (ijroiya organi raxbarini)  saylash (tasdiqlash).

Akstiyadorlarning umumiy yiғilishi o’tkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat akstiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi: 2019 yil 27 iyun.

Akstiyadorlarning umumiy yiғilishida qatnashish xuquqiga ega jamiyat akstiyadorlarining reestrini shakllantirish  sanasi: 2019 yil 17 iyul.

Akstiyadorlarni umumiy yiғilishida ishtirok etish huquqi akstiyador tomonidan shaxsan yoki uning vakili orqali amalga oshiriladi. Akstiyadorning vakili akstiyadorlarning umumiy yiғilishida yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida, jumladan, jismoniy shaxs nomidan berilgan ovoz berishga doir ishonchnoma natarial tartibda tasdiqlangan xolda, yuridik shaxs nomidan ovoz berishga ishonchnoma raxbarining imzosi va ushbu yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan holda bo’lishi kerak.

Murojaat uchun tel: +998-67-226-34-29, +99897- 277-17-57

(chop etilgan sana: 27.06.2019 y.)

Print Friendly