«Guliston Ekstrakt – Yog’»

aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlari diqqatiga!

 

собрание

    «Guliston Ekstrakt Yog`» AJ Sizga ushbu xabarnoma orqali quyidagilarni ma’lum qiladi:

   Jamiyat Kuzatuv kеngashining 2018 yil 24 maydagi qaroriga asosan jamiyatning 2017 yil yakunlari bo’yicha jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig’ilishi 2018 yil 22 iyun kuni soat 11:00 da Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, 3-mavzе, T.Axmеdov ko’chasi 68-uy «Guliston Ekstrakt Yog`» AJ majlislar zalida o’tkazilishini ma’lum qilamiz. Aksiyadorlarni ro’yxatga olish soat 10:00 da boshlanadi.


Umumiy yig’ilish kun tartibi:

  1. Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shahsiy tarkibini tasdiqlash.
  2. Akstiyadorlarning umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash;
  3. Jamiyatning 2017 yildagi moliya-xo’jalik faoliyati va biznes-reja ko’rsatkichlarining bajarilishi yuzasidan jamiyat ijroiya organi rahbarining hisobotini tasdiqlash;
  4. «Guliston Ekstrakt-Yog’» AJ kuzatuv kengashining 2017 yil yakuni bo’yicha hisobotini tasdiqlash;
  5. «AUDIT-VARN» MChJ auditorlik tashkiloti tomonidan jamiyatning 2017 yil moliya-xo’jalik faoliyatini milliy xamda xalqaro audit standartlariga asosan o’tkazilgan augitorlik tekshiruvi natijalari bo’yicha hisobotini va xulosalarini tasdiqlash to’g'risida;
  6. «Guliston Ekstrakt-Yog’» AJning 2017 yil yakuni bo’yicha taftish komissiya hisobotini tasdiqlash;
  7. Jamiyatning 2017 yildagi korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari bo’yicha hisobotini ko’rib chiqish;
  8. “Guliston Ekstrakt-Yog’” AJning 2017 yil yakuni bo’yicha yillik hisobotini, shu jumladan balans, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotlarini tasdiqlash;
  9. Jamiyatning 2017 yildagi foyda va zararlarni taqsimlash, jamiyatning joylashtirilgan akstiyalarining har bir turi bo’yicha dividendlar to’lash, dividendning miqdori, uni to’lash shakli va tartibini tasdiqlash;
  10. Jamiyatning 2018 yil uchun tuzilgan biznes rejasini tasdiqlash;
  11. Jamiyat yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash;
  12. Jamiyat ichki nizomlarini tasdiqlash;
  13. Jamiyat taftish komissiyasining a’zolari tarkibini saylash;
  14. Jamiyat kuzatuv kengashining a’zolari tarkibini saylash;
  15. Jamiyat Bosh direktorini (ijroiya organi raxbarini)  saylash (tasdiqlash);
  16. Jamiyat ijroiya organining affillangan shaxslar bilan tuziladigan bitimlarni va yirik bitimlarni mustaqil amalga oshirishi uchun jamiyatning joriy xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bitimlarni ma’qullash;

Akstiyadorlarning umumiy yiғilishi o’tkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat akstiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi: 2018 yil 24 may.

Akstiyadorlarning umumiy yiғilishida qatnashish xuquqiga ega jamiyat akstiyadorlarining reestrini shakllantirish  sanasi: 2018 yil 18 iyun.

Akstiyadorlarni umumiy yiғilishida ishtirok etish huquqi akstiyador tomonidan shaxsan yoki uning vakili orqali amalga oshiriladi. Akstiyadorning vakili akstiyadorlarning umumiy yiғilishida yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida, jumladan, jismoniy shaxs nomidan berilgan ovoz berishga doir ishonchnoma natarial tartibda tasdiqlangan xolda, yuridik shaxs nomidan ovoz berishga ishonchnoma raxbarining imzosi va ushbu yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan holda bo’lishi kerak.

Murojaat uchun tel: +998-67-226-34-29, +99897- 277-17-57

(chop etilgan sana: 28.05.2018 y.)

Print Friendly