Bizning korxona Sizni korxonamiz rasmiy sayti sahifalari bilan qutlaydi.

O’zbekiston Respublikasi «O’zpaxtayog’» AJ tarkibida bo’lgan korxonamizning asosiy faoliyat turi yog’-moy mahsulotlari ishlab chiqarishdir.

Korxonamiz ilk ishga tushgan 1980 yildan boshlab to hozirgi kungacha biz aholiga o’simlik yog’i va chorvachilikni zarur ozuqa bilan ta’minlashda Sirdaryo viloyatida etakchilik qilib kelmoqdamiz.

Korxonamiz faoliyatining asosiy maqsadi birinchi navbatda aholining o’sib kelayotgan talabini qondirish, davlat standartlariga mos ravishda sifatli o’simlik yog’i ishlab chiqarish va oziq-ovqat tarmog’ini zarur xom-ashyo bilan ta’minlashdan iboratdir.

Print Friendly